Toshkentdagi gilam fabrikasi
fabrikada yuvamiz, 65°C issiq kamerada quritamiz
Real ishlarimiz
Hammasi o'z jamoamiz, o'z uskunamiz. Stok video yo'q.
Natija
Gilam yillar davomida chang, qum va dog'ni o'ziga yig'adi. Fabrikada uni tuk tagigacha tozalaymiz.
Gilamingiz yo'li
Toza sexda, 8 bosqichda. Gilam qaysi bosqichda ekanini SMS'dagi havoladan ko'rib turasiz.
Haydovchi gilamni bepul olib ketadi. Telefoningizga buyurtma havolasi bilan SMS keladi.
Fabrikada aniq o'lchanadi. Mashina tuk ichidagi qum va changni urib chiqaradi.
Har dog'ga alohida vosita. Hayvon hidiga fermentli Era111.
Karpaks gipoallergen shampuni, toza polda, rotor cho'tka bilan.
Shampun qoldig'i to'liq chiqadi, bolalar uchun xavfsiz.
Suvni siqib chiqaradi, gilam shakli buzilmaydi.
Ob-havoga qaramay 100% quriydi.
Maxsus qadoqlangan holda bepul yetkazamiz. To'shab berish alohida xizmat.
Buyurtma № 8912
SMS'dagi havola: bosqich, m² va narx bir joyda
Narxlar
Minimal buyurtma yo'q. Gilam fabrikada aniq o'lchanadi, summa SMS'dagi havolada ko'rinadi.
| Xizmat | Narx | Izoh |
|---|---|---|
| Gilam, palas (fabrikada) | 19 900 so'm/m² | olib ketish va yetkazish bepul |
| Gilam, o'zingiz olib kelib, olib ketsangiz | 14 000 so'm/m² | fabrikaga o'zingiz olib kelasiz |
| Ipak, viskoza, bambuk gilam, quruq tozalash | 25 000–35 000 so'm/m² | aniq narx rasm bo'yicha |
| Ekspress yuvish (24–48 soat) | 34 900 so'm/m² | navbatsiz |
| Gilamni uyda yuvish | 21 900 so'm/m² | katta yoki mebel tagidagi gilamlar |
| Gilamni yig'ishtirib olish va to'shab berish | alohida xizmat | mebelni surish bilan, narxi kelishiladi |
| Yumshoq mebel (uyda) | 80 000–120 000 so'm/o'rin | o'tirish o'rni bo'yicha |
| Stul | 30 000–40 000 so'm | uyda |
| Matras | 150 000 · 250 000 so'm | 1 kishilik · 2 kishilik |
| Ko'rpa, ko'rpacha | 70 000–100 000 so'm | o'lchamiga qarab |
| Ko'rpa-namatrasnik | 120 000–150 000 so'm | |
| Adyol | 120 000 · 150 000 so'm | 1 kishilik · 2 kishilik |
| Parda | 60 000 so'm/kg | yuvib, dazmollab beriladi |
| Bruschatka (hovli toshi) | 19 900 so'm/m² | aniq narx rasm bo'yicha |
Misol: mehmonxona gilami 3 × 4 m = 12 m² × 19 900 = 238 800 so'm, olib ketish va yetkazish bilan.
Buyurtma
Nima yuvamiz, qancha, qachon olib ketamiz. Qolganini operator 5 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilib aniqlaydi.
Kafolatlar
Natija yoqmasa, 7 kun ichida xabar bering. Qayta olib ketib, bepul yuvamiz. Savolsiz.
Gilamni ko'rib, tekshirib, keyin naqd yoki karta bilan to'laysiz.
Olib ketilgach SMS keladi: gilam qaysi bosqichda, necha m², necha pul, tayyormi.
Tayyorligini havoladan ko'rasiz, operator yetkazish vaqtini siz bilan kelishadi.
Tashkilotlar uchun
Katta hajmni tez va bir xil sifatda yuvamiz. Shartnoma va hisob-faktura bilan ishlaymiz.
Tumanlar
Savollar
Yo'q. Haydovchilarimiz mebelni surib, gilamni yig'ishtirib oladi va yuvilgandan keyin joyiga to'shab beradi. Bu alohida xizmat, narxini operator aytadi. Olib ketish va yetkazish esa bepul.
Yo'q. Gilam sentrifugada siqiladi va 65°C gacha issiq yopiq kamerada quriydi. Yomg'irda ham, qishda ham 100% quruq qaytadi.
Ha. Fermentli turk vositasi (Era111) hidni bo'yab qo'ymaydi, siydik kristallarini tuk tagigacha parchalaydi.
Yuvishdan oldin usta matoni va rangni sinab ko'radi. Qimmatbaho gilamlar quruq tozalanadi yoki past haroratda qo'lda yuviladi.
Odatda 2–5 kun, ekspress 24–48 soat. Tayyorligini SMS'dagi havoladan ko'rib turasiz.
Gilam olib ketilgach, telefoningizga SMS keladi. Undagi havolada gilam qaysi bosqichda, necha m², necha pul va tayyormi, hammasi ko'rinadi.
7 kun ichida xabar bering. Gilamni qayta olib ketib, bepul yuvamiz.
Bugun buyurtma bering
+998 90 932 01 03